Prezident Berdaq Qarg‘abay o‘g‘lining 200 yilligiga bag‘ishlangan dastur tayyorlashni topshirdi
O'zbekiston
Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligi nishonlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning merosini, ayniqsa, yoshlar orasida asrab-avaylash va keng targ‘ib qilish muhimligini ta’kidladi.
Davlat rahbari Berdaqning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini qayd etdi. Shu munosabat bilan buyuk ziyolilarning ilmiy va ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash hamda uni yosh avlodga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.
Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatda munosib nishonlash taklif qilindi. Mutasaddilarga bir oy muddatda keng qamrovli dastur ishlab chiqish va uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.
Yig‘ilishda hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglanib, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.
Yig‘ilish yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga “general-mayor” maxsus unvoni berildi. Unvon uning ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyishta hayotini ta’minlash, jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va totuvlikni asrash hamda mustahkamlashdagi xizmatlari uchun berildi.

Powered by Froala Editor