Baxtiyor Saidov va Samir Sharifov O‘zbekiston-Ozarbayjon ikki tomonlama kun tartibini muhokama qildi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19 avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Samir Sharifovni qabul qildi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqib, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar yakunlarini olqishladilar.

Baxtiyor Saidov va Samir Sharifov O‘zbekiston-Ozarbayjon ikki tomonlama kun tartibini muhokama qildi
Uchrashuvda O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari o‘rtasidagi faol, do‘stona va ishonchli muloqot ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Baxtiyor Saidov uchrashuv haqida o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilib, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb kun tartibini atroflicha muhokama qilganini ta’kidladi.

Uchrashuv O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar doirasida bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon tomonining ma’lumotiga ko‘ra, maslahatlashuvlar 19 avgust kuni o‘tkazilib, ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing