Andijon aeroporti 20 martdan reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
O'zbekiston
20 martdan boshlab Xalqaro «Andijon» aeroporti muntazam yo‘lovchi reyslarini qayta yo‘lga qo‘yadi. Birinchi reys Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida Silk Avia aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi, deb xabar beradi UzAirports.
Chiptalar 18 martdan sotuvga chiqarildi. Parvozlar haftada ikki marta — seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Yaqin kelajakda Andijon aeroportidan xalqaro reyslar ham qayta tiklanishi kutilmoqda.
Modernizatsiyaning birinchi bosqichida aerodrom infratuzilmasining asosiy obyektlari qurilishi yakunlandi: 3 300 metr uzunlikdagi yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, rulej yo‘lagi va uchta samolyot uchun perron.
Terminal binosi hozirgi holatda qoladi — uning rekonstruksiyasi ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor