APEX INSURANCE: O‘zbekiston sug‘urta bozorida yetakchilikni mustahkamlash va yuqori o‘sish sur’atlari
Maxsus loyiha
2025 yil APEX INSURANCE sug‘urta kompaniyasi uchun muhim rivojlanish bosqichi bo‘ldi. Kompaniya yuqori moliyaviy natijalarni namoyish etib, barqaror o‘sish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirib, O‘zbekiston sug‘urta bozori yetakchilaridan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamladi.
Faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari
• Sug‘urta mukofotlari: Tushumlarning umumiy hajmi 4 122 mlrd so‘mga yetdi va 2024 yildagi 2 758 mlrd so‘mga nisbatan 50% ga o‘sdi. Kompaniyaning bozordagi ulushi 32% ni tashkil etib, bu bozordagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
• Sug‘urta tovonlari: Yil davomida tovonlar hajmi 25,2% ga oshib, 868,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bunda kelib tushgan da’vo arizalarning 98,4% ini qanoatlantirildi — bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 19% ga yuqori va bozordagi eng yaxshi natijalardan biridir.
• Sof foyda 299 mlrd so‘m miqdorida shakllandi. Ko‘rsatkichning o‘sishiga sug‘urta portfelining kengayishi, sug‘urta tovonlari darajasining nazoratda tutilishi va yuqori investitsion daromad omil bo‘ldi
• Xususiy kapital: 46% ga oshib, 1 136 mlrd so‘mni tashkil etdi (2024 yilda 777,6 mlrd so‘m edi). APEX INSURANCE ustav kapitali hajmi bo‘yicha eng yirik sug‘urta kompaniyasi bo‘lib qolmoqda. 2025 yil yakuniga ko‘ra, ustav kapital 900 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu esa mamlakatimizdagi barcha sug‘urta kompaniyalari jami ustav kapitalining 23%iga teng demakdir.
• Jami aktivlar 43 foizga o‘sib, 3 666 mlrd so‘mga yetdi (2024 yilda 2 573 mlrd so‘m). Investitsiyalarning umumiy hajmi, bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larni hisobi bilan, o‘tgan yilga nisbatan 109 foizga o‘sib, 2 001 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
• Amaldagi polislar soni yil yakunlariga ko‘ra 1,5 mln donaga yetdi, ular bo‘yicha sug‘urta qoplamasining umumiy hajmi esa 878 trln so‘mni tashkil qildi.
Joriy ko‘rsatkichlar kompaniyaning sug‘urta mukofotlari hajmi ilk bor 1 trln so‘mlik dovondan oshgan 2023 yildagi o‘sish sur’atining izchil davomidir. Keyingi ikki yil ichida bu ko‘rsatkichning to‘rt baravar o‘sishi biznes ko‘lamining kengayishi hamda korporativ va chakana segmentlar tomonidan barqaror talab mavjudligidan dalolat beradi.
Moliyaviy ishonchlilikning yuqori reytinglari
APEX INSURANCE kompaniyasining moliyaviy barqarorligi va yuqori darajadagi kapitallashuvi yetakchi milliy va xalqaro reyting agentliklarining quyidagi reytinglari bilan muntazam tasdiqlanmoqda:
• Ahbor-Reyting — “uzA++” prognoz “Barqaror”;
• SNS Ratings —“(uz) AAA” prognoz “Barqaror”;
• S&P Global Ratings — “BB”, prognoz “Barqaror”.
Shuningdek, sug‘urta bozori regulyatori tomonidan e’lon qilinadigan rasmiy reytinglarda APEX INSURANCE 2025 yil may oyidan buyon eng yuqori baho — AAA bilan birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Rivojlanishning yangi bosqichi
Kompaniyaning Toshkentdagi yangi ofis — APEX TOWERga ko‘chib o‘tishi, rivojlanishning yangi davri ramziga aylandi. Bu 2018 yilda brend tarixi boshlangan ilk maskan bilan qiyoslaganda, oldinga tashlangan ulkan qadamdir.
Kompaniya sohadagi xalqaro hamjamiyat bilan faol muloqot o‘rnatishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, 2025 yil may oyida Toshkentda o‘tkazilgan FAIR Energy Insurance and Risk Management Forum tadbirida APEX INSURANCE tashkilotchi va bosh homiy sifatida qatnashdi. Forum 20 ta davlatdan 100 dan ortiq delegatlarni jamlab, milliy sug‘urta bozorini xalqaro qayta sug‘urtalash tizimiga integratsiya qilishda muhim muloqot maydoniga aylandi.
Mas’uliyatli biznes va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlash
Barqaror moliyaviy o‘sish APEX INSURANCE'ga nafaqat bozordagi mavqeini mustahkamlash, balki ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda ishtirokini kengaytirish imkonini berdi. 2025 yilda kompaniya quyidagi yo‘nalishlarda qator muhim loyihalarning hamkori va homiysi bo‘ldi:
• Sport: APEX INSURANCE milliy dzyudo, futbol va triatlon federatsiyalarini qo‘llab-quvvatladi, shuningdek, Samarkand Marathon xalqaro yugurish turkumining hamkori bo‘ldi.
• Madaniyat: Kompaniya O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Buxoroda tashkil etilgan “Qalblar dardiga darmon” nomli birinchi xalqaro zamonaviy san’at biyennalesining hamkori bo‘ldi.
• Ta’lim: APEX INSURANCE STSI xalqaro jamg‘armasining ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan loyihalarida hamkor sifatida ishtirok etdi, “Hayot maktabi” ta’lim tashabbusini qo‘llab-quvvatladi, shuningdek, Science and Innovation Awards mukofotining bosh homiysi bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda, erishilgan natijalar APEX INSURANCE kompaniyasining barqaror rivojlanishi, bozordagi mavqeining mustahkamlanishi va mijozlar ishonchini qozonish, sug‘urta mahsulotlarini takomillashtirish va mijozlarning qanoatlantirish darajasini oshirish bo‘yicha kompaniyaning izchil faoliyatini aks ettiradi.
Telefon: 1188, (+998) 71−203−08−08.
Web-site: aic.uz
Instagram: @apexinsurance.uz
Telegram: t.me/apexinsurancee
LinkedIN: linkedin.com/company/apexinsurance

Powered by Froala Editor