Apple yangi arzon iPhone 16e smartfonini taqdim etdi
Texnologiya
Apple o‘zining flagman liniyasining arzon narxda kuchli imkoniyatlarga ega bo‘lgan arzon versiyasi - iPhone 16e’ni rasman taqdim etdi.
Yangi iPhone 16e 6,1 dyuymli Super Retina XDR OLED displeyga ega bo‘lib, 6 yadroli protsessor va 4 yadroli GPUga ega A18 protsessorida ishlaydi. Qurilma 8 GB tezkor xotiraga ega va 128 GB, 256 GB va 512 GB saqlash variantlarida mavjud. Asosiy kamera 48 MP bo‘lib, 2x optik zumni qo‘llab-quvvatlaydi va soniyasiga 60 kadr tezlikda 4K video yozib olish imkoniyatiga ega. Frontal kamera yuqori sifatli selfi va video qo‘ng‘iroqlar uchun TrueDepth texnologiyasi bilan jihozlangan.
Smartfon oq va qora ranglarda mavjud. Oldindan buyurtmalar 21-fevralda, rasmiy sotuvlar esa 28-fevralda boshlanadi.
128 GB xotiraga ega modelning boshlang‘ich narxi 599 dollarni tashkil etadi.
Smartfon oq va qora ranglarda mavjud. Oldindan buyurtmalar 21-fevralda, rasmiy sotuvlar esa 28-fevralda boshlanadi.
128 GB xotiraga ega modelning boshlang‘ich narxi 599 dollarni tashkil etadi.
Powered by Froala Editor