Aprel oyida yirik korxonalar tomonidan qancha sement ishlab chiqarilgani ma’lum bo’ldi

O'zbekiston

2024-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 2 256,2 ming tonna sement ishlab chiqarildi, deb ma’lum qilmoqda O‘zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.

Aprel oyida yirik korxonalar tomonidan qancha sement ishlab chiqarilgani ma’lum bo’ldi
2024-yilning yanvar-aprel oyida esa yirik korxonalar tomonidan 4 514,2 ming tonna sement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 43,7% ga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili qattiq sovuq va elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli respublikaning ko‘pgina korxonalari to‘liq quvvat bilan ishlamagan edi. Bu nafaqat sement ishlab chiqarish hajmiga, balki boshqa mahsulotlarga ham ta'sir ko'rsatdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing