AQSH BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
Dunyo
AQSH BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasi matnida HAMASni qoralash yo‘qligini aytib, qabul qilinishiga to‘sqinlik qildi. Kengashning 15 a’zosidan 14 nafari qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, hujjat Amerika vetosi tufayli qabul qilinmadi.
AQSH veto huquqidan foydalandi va Sloveniya koordinatsiyasi ostida o‘nta doimiy bo‘lmagan a’zolar (Ye10 guruhi) nomidan taklif qilingan BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini qabul qilishga to‘sqinlik qildi. Hujjatda G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va tinch aholi uchun vaziyat keskin yomonlashgan sharoitda zudlik bilan gumanitar choralar ko‘rishga chaqiriq bor edi.
Loyiha Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosidan 14 nafari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Faqat AQSH qarshi chiqdi. AQShning BMTdagi doimiy vakili Doroti Shi tushuntirganidek, Vashington hujjatda HAMAS harakatlarini qoralovchi so‘zlar yo‘qligi sababli uni "nomaqbul" deb hisoblagan.
"Bu loyihaga qarshi chiqqanimiz kutilmagan holat bo‘lmasa kerak. Biz HAMAS qoralanmagan hech bir tashabbusni qo‘llab-quvvatlamasligimizni aniq bildirdik," - dedi Shi.
Guruh nomidan so‘zga chiqqan Sloveniyaning doimiy vakili Samuel Jbogar tashabbusning bloklanganidan afsusda ekanini bildirdi.
Rezolyutsiya loyihasi 4 iyun kuni kiritilgan. Uni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar qatorida Jazoir, Sloveniya, Daniya, Gretsiya, Gayana, Panama, Pokiston, Janubiy Koreya, Serra-Leone va Somali bor.

Powered by Froala Editor