AQSh davlat qarzi o'z rekordini yangiladi

Iqtisodiyot

AQSh davlat qarzi birinchi marta 33 trillion dollardan oshdi — mamlakat Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, u tarixda birinchi marta 33 trillion dollardan oshgan. Uch oy ichida (16-iyundan) AQShning umumiy davlat qarzi 1 trillion dollarga oshdi. Bir hafta oldin Qoʻshma Shtatlar g‘aznachiligi hisobotida ko‘rsatilishicha, moliya yilining 11 oyi davomida byudjet taqchilligi 1,5 trillion dollarni tashkil etgan, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 61 foizga ko‘pdir.

AQSh davlat qarzi o'z rekordini yangiladi
Amerika Qoʻshma Shtatlarining davlat qarzi birinchi marta 33 trillion dollardan oshdi. Buni mamlakat Moliya vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlar tasdiqlaydi.

Moliya vazirligi saytidagi maʼlumotlar bazasining “jami davlat qarzi” ustunida 18-sentyabr holatiga koʻra, 33,04 trln dollar koʻrasatilgan. Bu Amerika davlat qarzining rekord darajasidir. 16-iyunda u 32 trillion dollardan oshgandi.

Yanvar oyida 31,4 trillion dollar qilib belgilangan AQSh davlat qarzi chegarasidan oshib ketdi. Shundan so'ng, mamlakat Moliya vazirligi moliyaviy operatsiyalarni davom ettirish uchun favqulodda choralarni qo'llashga majbur bo'ldi. AQSh ma'muriyati so'nggi oylarda Kongressni qarz limitini oshirishga chaqirdi. Vakillar palatasini nazorat qiluvchi respublikachilar qarz shiftini oshirishga rozi bo'lishdi, ammo byudjetni sezilarli darajada qisqartirish sharti bilan.

AQSh Prezidenti Jo Bayden 3-iyun kuni Kongress tomonidan ma’qullangan davlat qarzining chegarasini oshirish bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi. Endi limitga 2025-yil 2-yanvarda erishiladi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQShning iqtisodiy inqirozi va qulashining oldini olishga imkon bergan tashabbus 1-iyun kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi. Vakillar palatasi buni 31-may kuni qabul qilishgan. Erishilgan kelishuv 2024-moliya yilida (mamlakatda 1-oktabrdan boshlanadi) mudofaaga 886 milliard dollar, faxriylarga tibbiy yordam ko‘rsatishga 121 milliard dollar va mudofaaga aloqador bo‘lmagan boshqa dasturlarga 637 milliard dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing