AQSh, Hindiston va Saudiya transportni rivojlantirish bo‘yicha ulkan loyihani muhokama qilmoqda
Iqtisodiyot
Ushbu davlatlarning rasmiylari temir yo‘l tarmog‘i va portlarni rivojlantirishni nazarda tutuvchi yirik infratuzilma loyihasini amalga oshirish bo‘yicha maslahatlashuvlar olib boryapti.
AQSh, Hindiston, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qancha davlatlar rasmiylari temir yo‘l tarmog‘i va portlarni rivojlantirishni nazarda tutuvchi yirik infratuzilma loyihasini amalga oshirish bo‘yicha maslahatlashuvlar olib bormoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Unga koʻra, Yaqin Sharq mamlakatlari oʻrtasida temir yoʻllarni qurish imkoniyatlari, shuningdek, ushbu mamlakatlar va Hindiston oʻrtasida yuk tashish uchun moʻljallangan port infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Katta ehtimol bilan Nyu-Dehlidagi G20 sammitida tegishli kelishuvlar e'lon qilinadi.
Manbalarning ta'kidlashicha, maslahatlashuvlar ishtirokchilari Fors ko'rfazi mamlakatlari va Janubiy Osiyo davlatlari o'rtasidagi savdoni faollashtirish, transport xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, savdoni tezlashtirishni kutishmoqda. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Yevropa davlatlari ham muzokaralarga qoʻshilishi mumkin.

Powered by Froala Editor