AQSH Kanada va Meksikaga bir oylik imtiyoz tuhfa qildi

Dunyo

AQSh bir oyga Kanada va Meksikadan olib kelingan avtomobillarni bojxona to‘lovlaridan ozod qildi. Oq uy Kanada va Meksikadan olib kelingan avtomobillar uchun 25 foizlik bojxona to‘lovlarini kuchga kirishini kechiktirdi. Ushbu qaror Ford, General Motors va Stellantis kabi yirik avtomobil kompaniyalari bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng qabul qilindi.

AQSH Kanada va Meksikaga bir oylik imtiyoz tuhfa qildi
Tramp administratsiyasi bu qarorni Ford, General Motors va Stellantis kabi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng qabul qilgan. Livittning so‘zlariga ko‘ra, prezident Tramp kompaniyalarga “iqtisodiy zarar ko‘rmasliklari uchun” bir oylik kechikish imtiyozini taqdim etgan. Bu haqida 5-mart, chorshanba kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt ma’lum qildi.

"Biz USMCA doirasida olib kelingan barcha avtomobillar uchun bir oylik istisno beramiz", — dedi Livitt. USMCA — bu AQSh, Meksika va Kanada o‘rtasidagi erkin savdo shartnomasi bo‘lib, u Trampning birinchi prezidentlik muddati davrida imzolangan.

AQShda 4-mart, seshanba kunidan boshlab Kanada va Meksikadan olib kelingan deyarli barcha mahsulotlarga 25 foizlik bojxona to‘lovlari joriy qilindi. Ushbu choralar AQSh prezidenti Donald Trampning bayonotidan bir necha soat o‘tib kuchga kirdi. Prezident Trampning aytishicha, ushbu davlatlar AQShga narkotiklar, xususan, opioid moddasi bo‘lgan fentanil oqimini to‘xtatish uchun yetarli choralar ko‘rmagan.

Oq uy tomonidan qabul qilingan ushbu chora AQShning eng yirik savdo hamkorlari bilan “yangi savdo ziddiyatlariga” sabab bo‘ldi, deb qayd etadi agentlik. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo AQSh mahsulotlariga javob tariqasida bojlar kiritilishini e’lon qildi. Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum esa Vashingtonga "tarif va no-tarif choralar" bilan javob qaytarishga va’da berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing