AQSh Kongressi Vakillar Palatasi Isroilga yordam berishga qarshi

Siyosat

Respublikachilar tomonidan taklif qilingan, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratmasdan Isroilga yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi AQSh Kongressi Vakillar palatasida kerakli miqdorda ovoz to’play olmadi.

AQSh Kongressi Vakillar Palatasi Isroilga yordam berishga qarshi
250 nafar qonunchi tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, Kongress quyi palatasining 180 nafar a’zosi esa qarshi ovoz bergan. Qonun loyihasini ma’qullash uchun kongressmenlarning uchdan ikki qismining ovozi zarur edi.

Bir guruh respublikachi kongressmenlar 3-fevral kuni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratmasdan Isroilga 17,6 milliard dollarlik yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi hujjatni taqdim etdi. Amerika ma'muriyati bu tashabbusga keskin qarshi chiqdi. Oq uy qonun loyihasi Kongress tomonidan ma'qullansa, AQSh prezidenti Jo Bayden unga veto qo'yishini aytdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing