AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi 40 yilga qamaldi

Dunyo

Nyu-York sudi ayblanuvchini josuslik, xakerlik, sudga hurmatsizlik, FQBga yolg'on bayonot berish va bolalar pornografiyasini saqlashda aybdor deb topdi.

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi 40 yilga qamaldi
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi razvedka idorasining maxfiy xakerlik dasturlari haqidagi ma'lumotlarini “Wikileaks” platformasiga yuborgani uchun 40 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Nyu-York sudi 1-fevral kuni 35 yoshli Joshua Shulteni josuslik, xakerlik, sudga hurmatsizlik, FQBga yolg‘on bayonot berish va bolalar pornografiyasini saqlashda aybdor deb topdi.

AQSh rasmiylariga ko'ra, Shulte AQSh tarixidagi eng yirik maxfiy ma'lumotlarni o'g'irlagan.

2012-yildan 2016-yilgacha Shulte Markaziy razvedka boshqarmasida ishlaydigan xakerlar guruhida boʻlgan. Oʻsha vaqtda u razvedka xizmati tomonidan kiber josuslik uchun foydalaniladigan zararli dasturlar haqida ma'lumotlarni to'plagan va “Wikileaks“ saytiga o'tkazgan.

2017-yil mart oyida u ushbu hujjatlarni Vault 7 nomi bilan nashr etgan. Buning oqibatida butun dunyo boʻylab xakerlar dasturlarga kirish huquqiga ega boʻlgan. Sud hujjatlariga ko‘ra, Shulte o‘zining sobiq hamkasblariga nisbatan boʻlgan nafrati tufayli shunday qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing