Erdoʻgʻon: “Kurd jangarilari qurolini tashlamasa, dafn etiladi”
Dunyo
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Suriyadagi kurd jangarilariga yo qurollarini tashlashini yoki “ko‘milishlarini” aytdi.
“Buzg'unchi qotillar yo qurollari bilan xayrlashadilar yoki qurollari bilan birga Suriya yerlarida dafn etiladilar”, “Biz va kurd birodarlarimiz orasiga qon devorini o’rashga urinayotgan terror tashkilotini yo’q qilamiz”, - dedi Erdogʻan parlamentdagi hukmron AK partiyasi deputatlariga.
PKK Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terror tashkiloti deb topilgan. Anqara bir necha bor NATO ittifoqchisi Vashington va boshqalarni YPGni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishga chaqirgan .
Avvalroq Turkiya mudofaa vazirligi qurolli kuchlar Suriya va Iroq shimolida YPG-PKKning 21 nafar jangarisini yo‘q qilganini ma’lum qilgandi.
Suriyadagi SDF (Suriya Demokratik Kuchlari) qoʻmondoni Mazlum Abdi oʻtgan hafta ilk bor PKK jangarilari Suriyada borligini tan oldi. Ularning “Islomiy davlat”ga qarshi kurashda yordam berganini aytar ekan, agar Turkiya bilan tinchlik kelishuviga erishilsa, ular oʻz uylariga qaytishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi. Bu Turkiyaning asosiy talabi hisoblanadi.
Erdo'g'an, shuningdek, Turkiya tez orada Halabda o'z konsulligini ochishini, Turkiyada vaqtincha istimoqat qilayotgan suriyalik muhojirlar o'z vataniga ixtiyoriy ravishda qaytarilishini qo'shimcha qildi.

Powered by Froala Editor