AQSH O‘zbekiston uchun grantni bekor qildi

O'zbekiston

AQSH o‘nlab xalqaro grantlarni, jumladan, O‘zbekiston uchun "fuqarolik ishtirokini rivojlantirish"ga qaratilgan 2,5 million dollarlik loyihani to‘xtatib qo‘ydi. Qaror AQSH Davlat kotibi Marko Rubio tomonidan ma’qullangan dasturlarni keng ko‘lamli qayta ko‘rib chiqishning bir qismi bo‘ldi.

AQSH O‘zbekiston uchun grantni bekor qildi
AQSH hukumati samaradorlik departamenti (DOGE) ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy qiymati 215 million dollar bo‘lgan 139 ta grant bekor qilingan. Ular orasida turli mamlakatlarda dezinformatsiyaga qarshi kurash, ayollar huquqlari va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq loyihalar bor.

Jumladan, quyidagilar bekor qilindi:

Buyuk Britaniyada dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun - 5,2 mln dollar;

2,4 mln - Belarusda targ‘ibotga qarshi kreativ kontent uchun;

1,7 mln - Yevropadagi mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlashga;

1 mln - Braziliyada erkin ishchilar huquqlarini ilgari surish uchun;

2 mln - Moldovadagi dasturlar uchun.

Shuningdek, Bolgariya, Tunis, Livan va boshqa mamlakatlarda gender va migratsiya tashabbuslarini moliyalashtirish to‘xtatildi.

Bundan tashqari, avvalroq Garvard universiteti uchun mo‘ljallangan 2,2 milliard dollarlik grantlar, shuningdek, 60 million dollarlik shartnomalar muzlatib qo‘yilgani Amerika ta’lim sektorida rezonans keltirib chiqardi. Bunga Tramp ma’muriyati va universitet rahbariyati o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing