AQSh O'zbekistonning 3 nafar pedofil sobiq amaldoriga nisbatan sanksiya e'lon qildi
O'zbekiston
2024-yil 2-dekabrda AQSh moliya departamenti, Xorazimlik uch nafar sobiq davlat xizmatchisiga qarshi sanksiyalarni joriy etdi. Ular, bolalar uylarida bolalarga nisbatan jinsiy va jismoniy zo'ravonlik qilish, shuningdek, inson savdosiga jalb qilishda ishtirok etganliklari sababli, AQSh tomonidan jazolandi. Bu haqida U.S. Department of the Treasury xabar bermoqda.
Urganchdagi davlat tomonidan boshqariladigan bolalar uyida, bolalarga nisbatan jismoniy va jinsiy zo'ravonlik qilgan har uchala shaxs ham 13818-sonli AQSH Prezident farmoni bo'yicha sanksiyalangan, bu dunyo bo'ylab jiddiy inson huquqlari buzilishlari bilan shug'ullanadiganlarga nisbatan qo'llaniladi.
Shu bilan birga, ushbu shaxslarga hozirda, AQSH davlat Departamenti tomonidan 7031(c)-bo'limiga binoan viza cheklovlari qo'llanilgan. Bunda ushbu shaxslar va ularning yaqin oila a'zolarining AQShga kirishi taqiqlanadi.
Yulduz Xudayberganova, Anvar Kuryazov va Oybek Masharipov davlat xodimi sifatida o'z lavozimlaridan foydalanib, bolalar uyida bolalarga nisbatan jismoniy zo'ravonlik, jinsiy tajovuz va inson savdosiga jalb qilishda qatnashgan. O'sha paytda, Xudayberganova davlat tomonidan boshqariladigan bolalar uyi direktori, Masharipov Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi rahbari va Kuryazov tumanning Favqulodda Vaziyatlar bo'limi boshlig'i edi. Xudayberganova kamida uch nafar voyaga yetmagan qizni, kamida olti turli erkak bilan jinsiy aloqaga majburlagan va buning evaziga pul va boshqa mukofotlantiruvchi narsa-buyumlar olgan.
Xudayberganova qizlarning itoatkorligini ta'minlash uchun jismoniy urish, tahdidlar, ochlik va tengdoshlardan izolyatsiya qilish kabi turli xil bosim usullarini ishlatgan. Masharipov va Kuryazov bolalar uyiga "sovg'a" sifatida taqdim etilgan narsalar evaziga, "minnatdorchilik" uchun bolalar bilan jinsiy munosabatni talab qilishgan.
Kuryazov va Masharipov bolalar uyiga bir necha marta tashrif buyurib, yosh qizlarga nisbatan shaxvoniy xohishlarini qondirib yurishgan. Ular kamida 10 oy davomida voyaga yetmagan qizlarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda ishtirok etgan.
AQSh hukumati genderga asoslangan zo'ravonlik va inson savdosiga qarshi kurashni eng ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Bu harakatlar, xususan, bolalar uylarida bo'lib o'tgan zo'ravonlik va ekspluatatsiyani to'xtatishga qaratilgan. AQShning eng yuqori darajadagi rasmiylari, ushbu turdagi zo'ravonlikni davom ettirgan hukumat rasmiylarini mas'uliyatni hushyor tortishga chaqirmoqda.

Powered by Froala Editor