Mirziyoyev turkiyalik investorlar bilan Özbekistondagi yangi loyihalarni muhokama qildi

Biznes

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida va Anqaradagi muzokaralarda Turkiyaning törtta yirik kompaniyasi rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi. Tomonlar sanoat, energetika, infratuzilma, savdo va ishlab chiqarish sohalaridagi investitsiya loyihalarini muhokama qildilar.

Mirziyoyev turkiyalik investorlar bilan Özbekistondagi yangi loyihalarni muhokama qildi
OYAK kompaniyasi bosh direktori Murat Yalçintaş bilan uçraşuvda kimyo sanoati, geologiya va qurilish sohalaridagi qöshma loyihalar istiqbollari körib chiqildi. Turkiya tomoni Yangi Özbekistonga sarmoya kiritish, şuningdek, Yangi Taşkentda turar joy majmualari va tashqi infratuzilma obyektlarini qurishda qatnashishga qiziqiş bildirdi. Mirziyoyev Turkiya bilan strategik sheriklik izçil rivojlanayotganini va biznes vakillari ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qöşayotganini ta’kidladi.

Evyap Holding direktorlar kengashi a’zosi Ömer Evyap bilan şaxsiy gigiyena vositalari va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Kompaniya istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. Tomonlar Özbek-Turkiya sanoat zonasi OSTIM Global’da yangi loyihani jadallashtirishga kelishib oldilar. Ishlab chiqarish uchun zarur xomashyoni mahalliylashtirish imkoniyatlari ham körib chiqildi.

EKSIM Holding direktorlar kengashi raisi Ebubekir Tivnikli bilan qayta tiklanuvchi energetika, geologiya, konchilik va infratuzilma sohalaridagi loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini yaratish, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish va yangi elektr uzatish liniyalarini qurish ham hamkorlik yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Anadolu Group direktorlar kengashi raisi Kamilhan Süleyman Yazıcı bilan muzokaralarda xoldingning Özbekistondagi salqin ichimliklar ishlab chiqarish va avtomobilsozlikka kiritgan investitsiyalari muhokama qilindi. Samarqanddagi «SamAvto» korxonasini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksportni oshirish rejalari körib chiqildi. Shuningdek, yirik Turkiya chakana savdo tarmog‘ining Özbekiston bozoriga kirishi, chorvachilik majmuasini qurish va go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uçraşuvlar Özbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlarida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va qöshma loyihalarni rivojlantirishga qaratildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing