AQSh va Ekvador narkoguruhlarga qarshi qo‘shma harbiy operatsiyani boshladi

Dunyo

Qo‘shma Shtatlar Ekvadorda mahalliy xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda harbiy operatsiyani boshladi. Bu haqda AQSh Janubiy qo‘mondonligi ma’lum qildi.

AQSh va Ekvador narkoguruhlarga qarshi qo‘shma harbiy operatsiyani boshladi
X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotda Ekvador va AQSh qurolli kuchlari terrorchi deb topilgan tashkilotlarga qarshi operatsiyalarni boshlagani aytiladi. Vashington va uning Lotin Amerikasidagi hamkorlari narkoterrorizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirishga sodiqligini bildirdi.

Ekvador hukumati narkosavdo va noqonuniy foydali qazilmalar qazib olishga qarshi kurashning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dekabrdan boshlab AQSh Manabi provinsiyasidagi sobiq harbiy bazaga shaxsiy tarkibni joylashtirmoqda. Hududga samolyotlar, dronlar va radar tizimlari yuborilgan.

O‘tgan yili AQSh bu mintaqada giyohvand moddalar tashishda gumon qilingan katerlarni yo‘q qilish uchun harbiy kuchlardan foydalangan. Vashington bu choralar noqonuniy savdoni to‘xtatish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilganini ta’kidlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing