AQShdan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi deyarli 40% ga oshdi

O'zbekiston

2026-yil yanvar oyida O‘zbekistonga 1 642 nafar AQSh fuqarosi tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39,4% ko‘pdir, deb xabar berdi Statistika qo‘mitasi.

AQShdan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi deyarli 40% ga oshdi
Amerikaliklarning asosiy tashriflari turizm bilan bog‘liq.

1 642 tashrifchidan:

1 120 nafari sayohat maqsadida kelgan;

269 nafari xizmat safari bilan;

133 nafari qarindoshlarni ko‘rish uchun;

112 nafari o‘qish uchun;

6 nafari tijorat maqsadida;

2 nafari tibbiy xizmat olish uchun.

AQSh fuqarolarining O‘zbekistonga qiziqishi ortishi mamlakatning xalqaro turizm yo‘nalishida jozibadorligi oshayotganini ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing