AQShning davlat qarzi ilk marta 34 trln dollardan oshdi
Iqtisodiyot
2023-yilda qarz miqdori 4 trillion dollardan ko‘proqqa o‘sgan.
Amerika Qo'shma Shtatlarining davlat qarzi 34 trillion dollardan oshdi. AQSh Moliya vazirligining fiskal axborot saytidagi ma'lumotlar shundan dalolat bermoqda, deb yozdi TASS.
Toshkent vaqti bilan soat 02:30 holatiga ko'ra, indikator qiymati 34,001 trlnni tashkil qilgan. 2023-yilda u 4 trillion dollardan ko‘proqqa o‘sgan.
2023-yil yanvarida 31,4 trillion dollar qilib belgilangan AQSh davlat qarzining chegarasi oshirildi. Shundan so'ng, mamlakat Moliya vazirligi moliyaviy operatsiyalarni davom ettirish uchun favqulodda choralarni qo'llashga majbur bo'ldi. AQSh ma'muriyati so'nggi oylarda Kongressni qarz limitini oshirishga chaqirdi. Vakillar palatasini nazorat qiluvchi respublikachilar qarz shiftini oshirishga rozi bo'lishdi, ammo byudjetni sezilarli darajada qisqartirish sharti bilan.
AQSh prezidenti Jo Bayden 3-iyun kuni avvalroq Kongress tomonidan ma’qullangan davlat qarzining bu chegarasini oshirish bo‘yicha qonun loyihasini imzolagan edi.

Powered by Froala Editor