Argentina kambek qilib, JCH-2026 chorak finaliga yo‘l oldi
Sport
Jahon chempionati–2026 nimchorak finalining so‘nggi uchrashuvlari dramatik yakunlandi. Argentina Misrga qarshi bahsda kambek qayd etdi, Shveytsariya esa 70 yildan ortiq tanaffusdan so‘ng chorak finalga yo‘l oldi.
Misr terma jamoasi Yasser Ibrohim va Ziko gollari evaziga ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqdi. Biroq uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Argentina vaziyatni o‘zgartirdi. Kristian Romero hisobni qisqartirdi, Lionel Messi muvozanatni tikladi, Enso Fernandes esa qo‘shimcha daqiqalarda g‘alaba golini urib, argentinaliklarga 3:2 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Uchrashuvdan so‘ng Misr vakillari ayrim hakamlik qarorlaridan noroziligini bildirdi. Shu bilan birga, Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoasining irodasi va oxirigacha kurashganini alohida ta’kidladi.
Kunning ikkinchi o‘yinida Shveytsariya va Kolumbiya asosiy hamda qo‘shimcha vaqtda gol ura olmadi. Penaltilar seriyasida shveytsariyaliklar 4:3 hisobida ustun kelishdi. Darvozabon Gregor Kobel bitta zarbani qaytarib, uchrashuv qahramonlaridan biriga aylandi.
Shveytsariya 1954 yildan buyon ilk bor jahon chempionati chorak finaliga chiqdi. Endi ular chorak finalda Argentina bilan kuch sinashadi.

Powered by Froala Editor