ASEAN davlatlari ilk bor qo'shma dengiz mashqlarini o'tkazadi
Dunyo
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi mamlakatlarining birinchi qo‘shma mashg‘ulotlari sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) mamlakatlari Mudofaa vazirliklari rahbarlari Indoneziyaning Kepulauan-Riau orollari hududida qo‘shma dengiz mashqlarini o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ASEANga aʼzo davlatlarning birinchi qoʻshma mashgʻulotlari joriy yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtadi.
“Yaqin kunlarda biz Natuna dengizining shimolida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazamiz”, degan Indoneziya Qurolli kuchlari qo‘mondoni Yudo Margono.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar doirasida, xususan, qo‘shma patrul va qutqaruv operatsiyalari o‘tkaziladi. Biroq, mashg‘ulotlar doirasida qo‘shma harbiy amaliyotlar o‘tkazilmaydi.

Powered by Froala Editor