BMT sudyasi quldorlik uchun qamoqqa olindi
Dunyo
BMT sud tizimi a’zolaridan biri sudlanuvchilar kursisiga o‘tirdi: sudya Lidiya Mugambe qullar mehnatidan foydalangani uchun olti yil-u to‘rt oyga ozodlikdan mahrum etildi. Britaniya sudining qarori, ayniqsa, ayblanuvchining avvalgi yuqori maqomi fonida shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, jinoyat Mugabening Oksfordda huquqshunoslik bo‘yicha doktoranturada o‘qiyotgan paytida sodir bo‘lgan. U Ugandadan bir ayolni Buyuk Britaniyaga olib keldi, unga boshqa ish va’da qildi, ammo amalda xizmatkor va enaga vazifasini bajarishga majbur qildi, uning harakatlarini to‘liq nazorat qildi va axborotni chekladi. Jabrlanuvchi o‘z huquqlarini bilmagan va zolim ayolga to‘liq qaram bo‘lib qolgan. Keyinchalik unga Buyuk Britaniyadan boshpana berilgan.
Mugabe ilgari Uganda Oliy sudi sudyasi bo‘lib ishlagan, 2023-yilda esa genotsid va urush jinoyatlari bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiquvchi organ - BMTning Jinoiy tribunallar xalqaro qoldiq mexanizmi tarkibiga tayinlangan.
Bu holat BMT xodimlari tomonidan inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq mojarolar zanjirining navbatdagi halqasi bo‘ldi. Avvalroq BMT tinchlikparvar kuchlariga Gaiti va Somali kabi kam daromadli mamlakatlarda ayollarni jinsiy ekspluatatsiya qilish ayblovi qo‘yilgan edi. Ushbu jinoyatlarning aksariyati BMTning ichki nazoratni kuchaytirish va aybdorlarga nisbatan qattiq sanksiyalar joriy etish haqidagi va’dalariga qaramay, jazosiz qoldi.
Sudya Mugambe bilan bog‘liq mojaro yana bir bor savol tug‘diradi: xalqaro tashkilotlar o‘z vakillari o‘rtasida axloq va qonuniylikni qanchalik samarali nazorat qiladi?

Powered by Froala Editor