Energetika, texnologiyalar va investitsiyalar: O‘zbekiston Ar-Riyod bilan aloqalarni kuchaytirmoqda

O'zbekiston

15-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Folih boshchiligidagi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda ACWA Power, Vision Invest, Data Volt, Al Muhaidib Group, Saudi Tabreed, Miahona kabi kompaniyalar vakillari qatnashdi.

Energetika, texnologiyalar va investitsiyalar: O‘zbekiston Ar-Riyod bilan aloqalarni kuchaytirmoqda
Davlat rahbari so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlik yangi bosqichga chiqqanini ta’kidladi. Qo‘shma loyihalar portfeli 27 milliard dollardan oshdi, bu yilning o‘zida 2 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi. Aviqatnovlar soni haftasiga 60 tadan oshgan.

ACWA Power tomonidan 15 milliard dollarlik shamol va quyosh elektr stansiyalari, “yashil” vodorod ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Yaqin kunlarda Toshkent yangi xalqaro aeroporti qurilishi boshlanadi — bu uzoq muddatli hamkorlikning ramziga aylanadi.

Data Volt Toshkentda zamonaviy data-markaz qurmoqda, shuningdek, Yangi Toshkent va Buxoroda ham shunday markazlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezident Mirziyoyev saudiyalik investorlarni strategik foydali qazilmalarni qayta ishlash va infratuzilmani rivojlantirish loyihalarida faol ishtirok etishga chorladi. Saudiya biznes doiralari esa O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing