Energetika inqirozi Rossiya va AQSh muzokaralarining markazida bo‘ldi

Iqtisodiyot

Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari va Rossiya prezidentiining xorijiy davlatlar bilan investitsiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriev AQShda energetika va iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Energetika inqirozi Rossiya va AQSh muzokaralarining markazida bo‘ldi
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif davomida jahon energetika bozorlaridagi hozirgi inqirozli vaziyat, shuningdek Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni tiklashga yordam berishi mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalar muhokama qilingan.

Dmitrievning ta’kidlashicha, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘i bilan AQShga tashrif buyurgan.

Safar doirasida Rossiya va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha ishchi guruh rahbarlarining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tgan.

Tomonlar energetika sohasidagi vaziyat hamda iqtisodiy hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini muhokama qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing