Tramp Putin va Si Szinpin bilan Eronga qurol yetkazib berish masalasi bo‘yicha kelishuvlar haqida bayonot berdi

Dunyo

AQSH Prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hamda XXR Raisi Si Szinpin Eronga qurol yetkazib bermaslik bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini bildirgan. AQSH rahbari bu haqdagi bayonotni 24-iyul kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Tramp Putin va Si Szinpin bilan Eronga qurol yetkazib berish masalasi bo‘yicha kelishuvlar haqida bayonot berdi
Trampning yozishicha, Putin Rossiya Eronga qurol sotmasligini aytgan. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Rossiya rahbari AQSH qurollarni bevosita Ukrainaga emas, balki NATO davlatlariga sotayotganini tushunishini bildirgan. Tramp qurollarning keyingi taqsimoti xaridor davlatlar vakolatiga kirishini qayd etdi.

AQSH Prezidenti yana yaqinda Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Si Szinpin Xitoy, jumladan xitoylik kompaniyalar ham Eronga hech qanday sharoitda qurol yetkazib bermasligini bildirganini ma’lum qildi. Tramp ushbu bayonotga ishonishini ham qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, u Rossiya va Xitoyni Eron atrofidagi mojaroda ishtirok etayotgan davlatlar qatoriga kiritmasligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Manilada AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvda Ukrainaga qurol yetkazib berishni davom ettirish mumkin emasligini yana bir bor ta’kidladi. Rubio esa NATO mexanizmi orqali qurol sotish bo‘yicha AQSH siyosati o‘zgarmaganini bildirdi.

24-iyul kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva AQSHning Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etayotganini inobatga olayotganini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing