Xitoy ilk bor matematika bo‘yicha ikkita Filds medali sohibiga aylandi

Dunyo

Xitoylik matematiklar Hong Wang va Yu Deng tarixda ilk bor matematika sohasidagi eng nufuzli xalqaro mukofot — Filds medali bilan taqdirlandi. 40 yoshgacha bo‘lgan matematiklarga beriladigan ushbu mukofot topshirilish marosimi AQSHda bo‘lib o‘tdi va bu Xitoy vakillari uchun tarixiy natija bo‘ldi.

Xitoy ilk bor matematika bo‘yicha ikkita Filds medali sohibiga aylandi
2026-yil laureatlari qatoridan, shuningdek, amerikalik matematik John Pardon hamda kanadalik olim Jacob Ziverman o‘rin oldi. Har bir laureat 15 ming Kanada dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlandi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mukofot bir asrdan ortiq vaqt davomida matematiklar oldida turgan murakkab ilmiy masalalarni yechishga qo‘shilgan hissasi uchun berildi. AQSH va Fransiyada faoliyat yuritayotgan 35 yoshli Hong Wang Filds medali tarixidagi atigi uchinchi ayol laureat bo‘ldi.

Mazkur voqea Xitoy jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Weibo va Rednote platformalarida Filds medali hamda ilk xitoylik laureatlarga bag‘ishlangan mavzular trendlar qatoridan joy oldi. Xitoy OAV olimlarning ilmiy faoliyati va ushbu yutuqning mamlakat ilm-fani uchun ahamiyatini keng yoritmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing