“O‘zmetkombinat” energetik modernizatsiya sohasida Toshiba va Sieyuan bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Biznes
“O‘zmetkombinat” AJ energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish doirasida Toshiba va Sieyuan Electric kompaniyalari bilan hamkorlikni davom ettiradi. Korxona delegatsiyasi Xitoyga amaliy tashrif doirasida ikki kompaniyaning qo‘shma korxonasi — Changzhou Sieyuan Toshiba Transformer Co., Ltd. zavodiga tashrif buyurdi.
“O‘zmetkombinat” vakillari yuqori kuchlanishli kuch transformatorlarini ishlab chiqarish, yig‘ish va sinovdan o‘tkazish texnologiyalari bilan tanishdi. Muzokaralarda mavjud transformator uskunalarining ishonchliligi va samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, elektr energiyasini saqlash tizimlari — BESS (Battery Energy Storage System) texnologiyasini joriy etish masalasi muhokama qilindi. Mazkur tizimlar yuqori yuklamalarni boshqarish, elektr ta’minoti barqarorligini oshirish va energetika resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettirish, transformatorlarni modernizatsiya qilish va BESS tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma texnik-iqtisodiy yechimlarni ishlab chiqishga kelishib oldi.

Powered by Froala Editor