AQSh O‘zbekistonni Xitoy tovarlarini reeksport qilish xavfi mavjud mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi
Iqtisodiyot
AQSh Oq uyi O‘zbekistonni yangi hisobotda Xitoy tovarlarini Amerika bojlarini chetlab o‘tgan holda reeksport qilish ehtimoli mavjud yurisdiksiyalar qatoriga kiritdi. Hujjatda jami 40 dan ortiq mamlakat tilga olingan.
“The Great Transshipment Scam” nomli hisobotga ko‘ra, Xitoy mahsulotlari uchinchi davlatlar orqali olib o‘tilib, u yerda minimal qayta ishlash, qayta qadoqlash yoki markirovkalashdan so‘ng AQSh bozoriga kelib chiqishi boshqa mamlakatga tegishli mahsulot sifatida eksport qilinishi mumkin.
Hisobotda mamlakatlar uch guruhga ajratilgan. O‘zbekiston Qozog‘iston, Ozarbayjon, BAA, Singapur, Shveytsariya, Argentina, Bangladesh va Kambodja kabi davlatlar bilan birga uchinchi guruhga kiritilgan.
Shu bilan birga, Oq uy Xitoy importining kamayishi va boshqa mamlakatlardan AQShga yetkazib berish hajmining oshishi o‘z-o‘zidan noqonuniy reeksportni isbotlamasligini qayd etadi. Bunday o‘zgarishlar ishlab chiqarishning qonuniy ko‘chirilishi va global ta’minot zanjirlarining qayta tashkil etilishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Hisobotning bazaviy ssenariysida noqonuniy tranzit hajmi yiliga $75 mlrd deb baholanadi. AQSh federal daromadlarining ehtimoliy yo‘qotilishi yiliga $19–26 mlrd, ish o‘rinlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotish esa qariyb 450 mingta deb ko‘rsatilgan.
Oq uyning Savdo va ishlab chiqarish siyosati boshqarmasi rahbari Piter Navarro Xitoy tariflar joriy etilganidan so‘ng uchinchi davlatlar orqali murakkab tranzit sxemalaridan foydalanganini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor