Gruziya va Markaziy Osiyo davlatlari O‘rta koridorni rivojlantirishga kelishib oldi
Iqtisodiyot
23-oktabr kuni Batumida Gruziya va Markaziy Osiyoning besh davlati tashqi ishlar vazirlari Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi transport yo‘nalishlarini rivojlantirish, savdoni kengaytirish va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Ishtirokchilar mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanini tasdiqlab, bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishdi.
Birinchi bor shu formatda o‘tkazilgan uchrashuvda Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari qatnashdi. Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Bochорishvili xalqaro vaziyatdagi o‘zgarishlar Yevropa va Osiyo o‘rtasida yuk tashishda O‘rta koridor hamda Gruziya va Markaziy Osiyo davlatlarining ahamiyatini oshirayotganini ta’kidladi.
Asosiy mavzulardan biri Rossiyani chetlab o‘tuvchi O‘rta koridor salohiyatidan samarali foydalanish bo‘ldi. Bochорishvili mintaqaning transport imkoniyatlarini to‘liq ishga solish uchun muntazam siyosiy muloqot zarurligini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, Gruziya Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevropa va jahon bozorlariga chiqishida muhim o‘rin tutadi.
Vazirlar siyosiy-diplomatik muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalarini ham ko‘rib chiqdi. Qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va kimyo sanoati, energetika hamda elektrotexnika sohalaridagi qo‘shma loyihalar istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
Biznes vakillari va hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash, sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirish va tarixiy-madaniy rishtalarni kengaytirishga ham e’tibor qaratildi. Buyuk Ipak yo‘li merosi Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyati sifatida tilga olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettirish, mintaqalararo sheriklikni mustahkamlash va transport bog‘liqligini rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Powered by Froala Editor