O‘zbekiston va Al Alfia Holding yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Qatarning Al Alfia Holding kompaniyasi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni ishga tushirish masalalarini muhokama qildi. Muzokaralar 13-avgust kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning kompaniya rahbariyatining maxsus vakili Zaynab Al-Yusuf boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Al Alfia Holding yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi
Uchrashuvda Al Alfia Holding kompaniyasining O‘zbekistondagi ishtirokini kengaytirish va avval ishlab chiqilayotgan tashabbuslarni amaliy bosqichga o‘tkazish masalalariga ustuvor e’tibor qaratildi.

Tomonlar mahalliy xomashyo va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda moylash materiallari hamda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Neft-gaz quduqlari uchun quduq usti uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish ham muhokama qilindi.

Shuningdek, Yangi Toshkentdagi loyihalarga alohida e’tibor qaratilib, ko‘chmas mulk obyektlari, tijorat va mehmonxona infratuzilmasi, shuningdek, logistika quvvatlari bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlarni ishlab chiqish, texnik va loyiha ma’lumotlarini almashish hamda yangi O‘zbekiston–Qatar investitsiyaviy tashabbuslarini ilgari surish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing