O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
O'zbekiston
2025-yil 15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda yuqori darajadagi kelishuvlarni amalda ro‘yobga chiqarish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Al-Falih Prezidentga Podsho Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd shahzoda, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning samimiy salomlarini yetkazdi.
Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik tez sur’atlar bilan rivojlanayotganini qayd etdi: savdo hajmi, sarmoyalar miqdori va qo‘shma korxonalar soni oshmoqda, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni ortmoqda.
Bugungi kunda qo‘shma loyihalar portfeli 27 milliard AQSh dollariga teng bo‘lib, shundan 15 milliard dollari “ACWA Power” kompaniyasi bilan energetika sohasida amalga oshirilayotgan yirik tashabbuslarga to‘g‘ri keladi.
Tomonlar “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, ko‘chmas mulk va infratuzilmani modernizatsiya qilish sohalaridagi loyihalarni tezlashtirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Toshkentda o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Biznes kengashi yig‘ilishlarining natijalari yuqori baholandi.

Powered by Froala Editor