The Wall Street Journal: AQSh Venesuelaga ehtimoliy zarbalar uchun nishonlarni aniqladi
Dunyo
The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, AQSh ma’muriyati Venesuela hududiga ehtimoliy harbiy zarbalar uchun mo‘ljallangan obyektlar ro‘yxatini tuzgan.
Manbalarga ko‘ra, ro‘yxatda narkotik kontrabandasida ishlatiladigan harbiy inshootlar, jumladan harbiy portlar va uchish-qo‘nish yo‘laklari mavjud.
Prezident Donald Tramp zarbalar bo‘yicha yakuniy qarorni hali qabul qilmagan, deya qo‘shimcha qiladi manbalar.
Oq uy Venesuela hukumati va shaxsan prezident Nikolás Maduroni narkotrafikni boshqarishda ayblamoqda. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu tarmoq AQShni “giyohvand moddalar bilan to‘ldirishga” harakat qilmoqda. Shuningdek, Vashington Venesuelani “terrorchilik faolligi markazi” deb atagan.
Biroq AQSh tomoni ayblovlarga dalillar taqdim etmagan, Maduro esa ularni keskin rad etib, bu bayonotlarni Venesuelaga bosim o‘tkazish va harbiy aralashuvga bahona sifatida baholagan.

Powered by Froala Editor