Bitta karta - ikki mamlakat: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘z to‘lov tizimlarini bog‘ladi
O'zbekiston
O‘zbekistonning HUMO va Qirg‘izistonning “Elkart” to‘lov tizimlari o‘zaro ekvayring loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda. Endilikda har ikki mamlakat fuqarolari kartalaridan foydalanib, xarid qilish va naqd pul yechib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
HUMO kartasi egalari Qirg‘izistonda, “Elkart” tarmog‘ida joylashgan terminallarda to‘lovlarni amalga oshira oladi. Xuddi shuningdek, “Elkart” kartasi egalari O‘zbekistonda to‘lov va naqd pul olish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
HUMO biznesni strategik rivojlantirish departamenti direktori Olga Amangeldiyeva bu tashabbus mintaqada hisob-kitoblarni soddalashtirish sari muhim qadam ekanini ta’kidladi:
“Endi HUMO kartasi bilan Qirg‘izistondagi kafe, do‘kon yoki mehmonxonada bemalol to‘lov qilish mumkin. Valyuta almashtirish, xalqaro karta ochish yoki kurs farqidan zarar ko‘rish zarurati yo‘qoladi. Biz foydalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay moliyaviy muhit yaratmoqdamiz.”
Loyiha 2025-yil noyabr o‘rtalarida O‘zbekistonning barcha bankomatlari va asosiy terminallarida ishga tushadi. To‘liq ulanish jarayoni esa 2026-yil birinchi choragida yakunlanadi.
Mazkur hamkorlik biznes uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi — chegara hududidagi savdo nuqtalari qo‘shni davlat mijozlaridan xalqaro tizimlarsiz va qo‘shimcha to‘lovlarsiz to‘lovlarni qabul qila oladi.

Powered by Froala Editor