O‘zbekiston Janubiy Koreyadagi xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni egalladi
O'zbekiston
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Koreya Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 316 ball to‘plab, Kambodjadan 104 ball va mezbon Janubiy Koreyadan 124 ball oldinga chiqdi.
Musobaqada yetti mamlakatdan 12 ta jamoa tarkibida 500 nafarga yaqin harbiy xizmatchi qatnashdi. AQSh, Ozarbayjon, Avstraliya va Polsha vakillari ham ishtirok etdi. Yana sakkiz davlat, jumladan Turkiya, Meksika, Filippin va Malayziya harbiylari musobaqani kuzatdi.
Dastur tog‘li, o‘rmonli va shahar sharoitlaridagi topshiriqlarni, shuningdek, uchala hududni birlashtirgan kompleks bosqichni o‘z ichiga oldi. O‘zbekiston jamoasi bir nechta rekord natijalarni qayd etdi.
Tog‘li hududdagi shartli jangovar topshiriqda o‘zbekistonlik harbiylar mudofaadagi shartli raqibni talafotlarsiz to‘liq zararsizlantirib, yetti bayroqni qo‘lga kiritdi. Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, avval hech bir jamoa bunday natijaga erishmagan.
Shahar sharoitida ham jamoa barcha obyektlarni va yetti bayroqni egallab, yana bir rekord o‘rnatdi. Mudofaa obyektlarini ushlab turish topshirig‘ida esa harbiylar birorta jangchini yo‘qotmagan holda yetti obyekt va barcha bayroqlarni qo‘lga kiritdi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, O‘zbekiston 316 ball bilan birinchi, Kambodja 212 ball bilan ikkinchi, Koreya Respublikasi esa 192 ball bilan uchinchi bo‘ldi. Musobaqalar 2023-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbekiston jamoasi bundan oldingi ikki musobaqada ham g‘olib chiqqan.

Powered by Froala Editor