Toshkentda Osiyo o‘smirlar o‘yinlari sovrindorlari taqdirlandi

Sport

Toshkent shahrida Osiyo o‘smirlar o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda Osiyo o‘smirlar o‘yinlari sovrindorlari taqdirlandi
O‘zbekiston sportchilari 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoaviy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida sovrindorlar va ularning murabbiylariga bir martalik pul mukofotlari topshirildi. Qo‘mita rahbariyati yosh sportchilarning yutuqlarini mamlakatda bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlarning natijasi sifatida baholadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing