Turkiya G‘azo sektoridagi xalqaro kuchlar tarkibiga kirishi mumkin
Dunyo
Anqara G‘azo sektorida barqarorlashtirish missiyasida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Turkiye Gazetesi nashrining xavfsizlik tizimidagi manbalariga ko‘ra, Turkiya bu hududga harbiy kuzatuvchilar, qutqaruvchilar va muhandis-saper bo‘linmalarini yuborishi mumkin.
Rasmiy qaror haftaning oxirigacha qabul qilinishi kutilmoqda. Bo‘linmalarni G‘azoning Misr va Isroil bilan chegarasida joylashtirish rejalashtirilgan.
Manbalarga ko‘ra, Turkiya harbiylarini xalqaro kuchlar tarkibiga qo‘shish masalasi ham muhokama qilinmoqda. Biroq asosiy kontingentni, ehtimol, Misr, Pokiston va Ozarbayjon shakllantiradi.
Manbalarga ko‘ra, Turkiya harbiylarini xalqaro kuchlar tarkibiga qo‘shish masalasi ham muhokama qilinmoqda. Biroq asosiy kontingentni, ehtimol, Misr, Pokiston va Ozarbayjon shakllantiradi.
Powered by Froala Editor