Britaniya qiroli Charlz III ning ukasi shahzoda Endryu unvonidan mahrum qilindi va Royal Lodge qarorgohini tark etadi
Dunyo
Britaniya qiroli Charlz III ning ukasi shahzoda Endryu o‘zining rasmiy unvonidan mahrum qilinadi va Royal Lodge qarorgohini tark etishi kerak, deyiladi Bukingem saroyi bayonotida.
Bu qaror amerikalik milliardyer Jeffri Epshteyn bilan bo‘lgan aloqalari haqidagi yangi tafsilotlar e’lon qilingach qabul qilindi. Epshteyn jinsiy jinoyatlar uchun sudlangan va AQSh qamoqxonasida o‘z joniga qasd qilgan edi.
Britaniya OAV xabarlariga ko‘ra, yangi ma’lumotlar shahzoda va Epshteyn o‘rtasidagi aloqalar oldin aytilganidan ham yaqinroq bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
Rasmiy hujjatga ko‘ra, endilikda u Endryu Mauntbetten-Vindzor nomi bilan ataladi va “Qirollik Hazratlari” unvonidan foydalana olmaydi.

Powered by Froala Editor