Prezident yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasi bilan tanishdi
O'zbekiston
15-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida bo‘lib, Shota Rustaveli ko‘chasining rekonstruksiya qilingan qismi bilan tanishdi.
Poytaxtda transport infratuzilmasini rivojlantirish va fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. 7 kilometrli yo‘l endilikda 10 harakat polosasiga ega: oltitasi avtomobillar, ikkitasi avtobuslar, yana ikkitasi esa to‘xtash joylari uchun mo‘ljallangan.
Prezident avtobusda harakatlanib, yangi tizimning qulayliklarini shaxsan sinovdan o‘tkazdi.
Toshkentda ilk bor rivojlangan davlatlar tajribasiga asoslangan BRT (Bus Rapid Transit) tizimi joriy etildi. Bu avtobuslar harakatini tezlashtirib, yo‘lovchilarga qulaylik yaratdi. 19,2 mln dollarlik loyiha natijasida yo‘lovchi oqimi 2,5 mingdan 6 ming kishigacha oshdi, avtomobillar o‘tish qobiliyati esa 40 ming transport vositasiga yetdi. Harakat tezligi 23 km/soatdan 30 km/soatgacha oshdi, yo‘l-transport hodisalari kamaydi.
Ko‘cha bo‘ylab 21 ta yangi bekat, 463 ta “aqlli” svetofor, veloyo‘laklar, yashil hududlar, sug‘orish va drenaj tizimlari o‘rnatildi.
Prezidentga poytaxt atrofida transport uzellarini kengaytirish bo‘yicha yangi loyihalar ham taqdim etildi.
“Agar metro yo‘llari qurmaganimizda, yangi avtobuslar olib kelmaganimizda bugun Toshkentda transport qatnovi qiyin bo‘lardi. Shuning uchun odamlarni rozi qilish nuqtayi nazaridan yo‘llarni to‘g‘rilayapmiz, jamoat transportini rivojlantiryapmiz. Bunday ishlarni barcha shaharlarimizda davom ettiramiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Powered by Froala Editor