Oq uy: Tramp Eron hujumining oldini oldi — Tehron buni rad etmoqda
Dunyo
AQSh va Eron rasmiylari Tehronga qarshi harbiy operatsiya sabablari yuzasidan bir-biriga zid bayonotlar bermoqda. Oq uy Eron AQShga hujum tayyorlaganini aytmoqda, Tehron esa bu ayblovlarni yolg‘on deb atadi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning aytishicha, Eron go‘yoki AQShga hujum qilishni rejalashtirgan, biroq AQSh prezidenti Donald Tramp bunga yo‘l qo‘ymagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti tahdid amalga oshishini kutib o‘tirmagan. Levitt, shuningdek, Vashington avval muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga uringanini, biroq uning ta’kidlashicha, Eron “o‘lim va vayronagarchilik yo‘lini tanlaganini” aytdi.
Avvalroq Donald Tramp ham agar AQSh va Isroil Eronlarga qarshi harbiy operatsiyani boshlamaganida, Tehron bir hafta ichida AQShga hujum qilishi mumkin edi, degan edi.
Eron tomoni bu ayblovlarni rad etdi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQShga qarshi preventiv zarba tayyorlangani haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday bayonotlar harbiy operatsiyani oqlash uchun ishlatilmoqda. Aroqchi bu operatsiyani “Isroil tomonidan tashkil etilgan va oddiy amerikaliklar hisobidan moliyalashtirilgan sarguzasht” deb atadi.
Natijada tomonlarning pozitsiyalari keskin farq qilmoqda: Vashington operatsiya tahdidni oldini olish uchun zarur bo‘lganini ta’kidlasa, Tehron bu ayblovlar harbiy harakatlarni oqlash uchun ishlatilayotganini aytmoqda.

Powered by Froala Editor