Islandiya va Norvegiya YI haqida o‘ylamoqda
Iqtisodiyot
Islandiya Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarni qayta boshlash bo‘yicha referendumga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda, Norvegiyada esa a’zolikni qo‘llab-quvvatlash ortmoqda. Bunga geosiyosiy beqarorlik sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Islandiya Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklash masalasini referendum orqali hal qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Torgerdur Katrin Gunnarsdottir bu qarorga geosiyosiy beqarorlik asosiy sabab bo‘layotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, YI nafaqat iqtisodiy, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan ham muhim afzalliklar beradi va NATO imkoniyatlarini to‘ldiradi.
Shu bilan birga, Norvegiyada ham YIga qo‘shilish masalasi yana faol muhokama qilinmoqda. Konservatorlar yetakchisi Ine Eriksen Soreide a’zolikni qo‘llab-quvvatlab, uning xavfsizlik uchun ahamiyatini ta’kidladi.
Islandiya 2009 yilda moliyaviy inqiroz fonida YIga ariza topshirgan, biroq 2013 yilda muzokaralarni to‘xtatgan va 2015 yilda arizasini qaytarib olgan. Bunga baliqchilik siyosati bo‘yicha kelishmovchiliklar va iqtisodiy vaziyatdagi o‘zgarishlar sabab bo‘lgan.
Norvegiya esa 1992 yilda o‘tkazilgan referendumda YIga qo‘shilishni rad etgan. Shunga qaramay, so‘nggi yillarda bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlash ortib bormoqda.
Mutaxassislar fikricha, YIga qaytish masalasi xalqaro vaziyatdagi o‘zgarishlar va xavfsizlik hamda iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash zarurati bilan bog‘liq.

Powered by Froala Editor