O‘zbekiston suyultirilgan gaz yetkazib berishda xususiy sektor ishtirokini kengaytiradi
O'zbekiston
O‘zbekiston aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, gaz ishlab chiqarishni oshirish va energetika sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni rejalashtirmoqda. Bu masalalar Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyatida yilning birinchi yarmida rejalashtirilgan 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan, 318 ta mahallada esa yetkazib berish jadvaldan ortda qolmoqda. Shu munosabat bilan tadbirkorlarga o‘zlari import qilgan yoki birjada xarid qilgan suyultirilgan gazni aholiga va korxonalarga yetkazib berishga ruxsat beriladi. Yil boshidan buyon xususiy sektor 157 ming tonna suyultirilgan gaz import qilgan.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga suyultirilgan gaz xaridi uchun subsidiyalar ajratiladi. Yil oxirigacha bu yo‘nalishda Andijon tajribasi joriy etiladi. Shuningdek, suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni 606 ming tonnaga yetkazish, transport, saqlash va taqsimlash tizimini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish vazifasi belgilandi.
Prezident energetika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashni modernizatsiya qilish zarurligini ta’kidladi. Oliy ta’lim dasturlari yangilanadi, 1-sentabrgacha laboratoriyalar moslashtiriladi, yangi o‘quv yilidan boshlab 3-bosqich talabalarining yarmi va 4-bosqichning barcha talabalari dual ta’lim tizimiga o‘tkaziladi.
Shuningdek, ACWA Power tomonidan Shirin shahridagi Energetika texnikumi bazasida har yili 220 nafar mutaxassis tayyorlanayotgani, ushbu tajriba yangi o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi texnikumlarda ham joriy etilishi ma’lum qilindi.

Powered by Froala Editor