O‘zbekiston biznes uchun keng ko‘lamli AI ekotizimini ishga tushirib, kompaniyalarni jahon bozorlariga olib chiqishga tayyorlamoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash vositalarini kengaytirar ekan, sun’iy intellekt, raqamlashtirish va kompaniyalarning xalqaro kapital bozorlariga chiqishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Yangi chora-tadbirlar qatoridan 10 mingta korxonada AI texnologiyalarini joriy etish dasturi, kreditlar bo‘yicha kafolat tizimi hamda 50 ta kompaniyani kapital bozoriga olib chiqishga tayyorlash tashabbusi o‘rin olgan.
Elektr va gaz ta’minoti tizimlariga avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari orqali ulangan hamda to‘lov intizomiga rioya qiladigan korxonalar uchun oldindan to‘lov miqdori 100 foizdan 15 foizgacha kamaytiriladi. 2027-yildan qurilish sohasida pudrat va loyihalash ishlarini rag‘batlantiruvchi yangi mexanizm joriy etilishi rejalashtirilgan.
AI yo‘nalishida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bazasida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Kelasi yili uning quvvati uch baravarga oshiriladi. «10 mingta korxona uchun sun’iy intellekt bo‘yicha hamkor» dasturi doirasida AI texnologiyalarini joriy etish xarajatlarining 50 foizi qoplanadi. Dasturning birinchi bosqichiga kamida 100 million dollar ajratiladi.
Tayyor AI dasturlari ochiq platformaga joylashtiriladi, tadbirkorlarga esa yangi mahsulotlar uchun AI modellarini yaratishda superkompyuterdan bepul foydalanish imkoniyati beriladi. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarini ham budjetdan qoplash rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, biznesning kapital bozoriga chiqish imkoniyatlari kengaytiriladi. Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining 30 foizi Toshkent va London fond birjalarida joylashtirilganidan so‘ng, yillik daromadi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 ta korxonani akseleratsiya dasturiga jalb etish rejalashtirilmoqda. IPO’ga tayyorgarlik va hisobotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi.

Powered by Froala Editor