Oʻzbekiston Prezidenti XXR delegatsiyasini qabul qildi

O'zbekiston

7-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi.

Oʻzbekiston Prezidenti XXR delegatsiyasini qabul qildi
Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga XXR Raisi Si Szinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik hamda amaliy sheriklikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston – Xitoy barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yuksak darajaga koʻtarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi izchil oʻsmoqda, Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qoʻshma loyihalar va korxonalar soni ortib bormoqda.

Parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor berildi.

Oliy va kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini ochish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing