Mintaqa va YI parlament muloqotini boshladi
Siyosat
Samarqand Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi parlamentlararo muloqotni mustahkamlashning muhim maydoniga aylandi — forum ishtirokchilari hamkorlikni kengaytirish va uni amaliy mexanizmlar asosida rivojlantirishga kelishib oldi.
Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi parlamentlararo forumi doirasida mintaqa davlatlari delegatsiyalari hamda Yevropa parlamenti bilan qator muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston parlamentlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, muzokaralar Aygul Kuspan, Mavsuma Muini, Maksat Kuliyev va Saltanat Amanova bilan olib borildi.
Ishtirokchilar «Markaziy Osiyo – YI» parlamentlararo forumini tashkil etish tashabbusini o‘z vaqtida qabul qilingan muhim qadam sifatida baholab, uning muloqot va muvofiqlashtirish uchun yangi institutsional platforma ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu tashabbus O‘zbekistonning mintaqadagi birlashtiruvchi rolini aks ettirishi alohida qayd etildi.
Tomonlar davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlamentlar rolini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, forumni institutsional shaklga keltirish, uni rotatsiya asosida o‘tkazish hamda ishtirokchilar doirasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Muhokamalar davomida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga qiziqishi ortib borayotgani qayd etilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun mintaqaviy yondashuvni muvofiqlashtirish zarurligi ta’kidlandi.
So‘nggi yillarda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, transport bog‘liqligi va ekologik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan YEXHT Parlament assambleyasi doirasida qo‘shma tadbir o‘tkazish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Bundan tashqari, Yevropa parlamenti delegatsiyasi bilan ham muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Sodiq Safoyev Markaziy Osiyo va Mongoliya bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiya rahbari Djuzi Princhi hamda Yevropa Ittifoqining mintaqa bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprayс bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Yevropa tomoni forum yuqori darajada tashkil etilganini yuqori baholab, uni parlamentlararo muloqot uchun birinchi institutsional platforma sifatida e’tirof etdi. O‘zbekiston YI uchun mintaqadagi ishonchli strategik hamkor sifatida baholandi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, madaniyat va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi. Yoshlar almashinuvi va viza imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yevropa parlamenti deputatlari Tomas Zdehovskiy va Terri Mariani «Markaziy Osiyo – YI» sammiti hamda O‘zbekiston prezidentining Bryusselga tashrifi strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida tomonlar forumning ochiq va inklyuziv xususiyatini saqlab qolish hamda bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda — Bryusselda va Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlarida o‘tkazishga kelishib oldi.

Powered by Froala Editor