Tramp Ormuz bo‘g‘ozi ochilmasdan turib ham Eron bilan mojaroni yakunlashga tayyor
Dunyo
AQSH Eron bilan harbiy mojaroni Ormuz bo‘g‘ozi ochilmagan taqdirda ham yakunlashi mumkin, asosiy e’tibor esa harbiy harakatlardan diplomatik bosimga o‘tkazilmoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp Ormuz bo‘g‘ozi kemalar harakati uchun to‘liq ochilmagan bo‘lsa ham, Eron bilan harbiy operatsiyani yakunlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri ma’muriyatdagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Tramp va uning jamoasi bo‘g‘ozni harbiy yo‘l bilan ochishga urinish mojaroning oldindan belgilangan 4–6 haftalik muddatidan oshib ketishiga olib kelishi mumkin degan xulosaga kelgan.
Shu bois Vashington asosiy harbiy maqsadlarga erishishga urg‘u bermoqda: Eron harbiy-dengiz kuchlarini zaiflashtirish va raketa zaxiralarini yo‘q qilish. Shundan so‘ng faol harbiy bosqichni yakunlash rejalashtirilmoqda.
Ormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha keyingi sa’y-harakatlar diplomatik yo‘l bilan amalga oshiriladi. Agar bu borada natija bo‘lmasa, AQSH Yevropa davlatlari va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga bosim o‘tkazib, ularni ushbu masalada yetakchi rolni olishga undashi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, Tramp qo‘shimcha harbiy variantlarni ham istisno qilmaydi, biroq hozircha ular ustuvor yo‘nalish hisoblanmaydi.

Powered by Froala Editor