Korrupsiyaga qarshi musht: sobiq uchuvchi Radev Bolgariyani besh yillik tartibsizlikdan olib chiqa oladimi?
Siyosat
Bolgariya o‘z tanlovini amalga oshirdi: so‘nggi besh yil ichida sakkizinchi bor o‘tkazilgan parlament saylovlarida mamlakatning sobiq prezidenti Rumen Radev boshchiligidagi «Progressiv Bolgariya» koalitsiyasi g‘alaba qozondi. Bosh vazirlik kursi uchun o‘z lavozimidan voz kechgan sobiq davlat rahbari mamlakatga «yangi boshlanish» va barqarorlikni va’da qilmoqda.
62 yoshli Rumen Radev — Yevropa siyosati uchun o‘ta ziddiyatli shaxs. Harbiy havo kuchlarining sobiq qo‘mondoni va AQSh harbiy kolleji bitiruvchisi bo‘lgan Radev korrupsiyadan charchagan liberal saylovchilarni ham, konservativ qatlamlarni ham o‘z atrofiga birlashtira oldi. U 2020-yilda korrupsiyaga qarshi namoyishlarni mushtini ko‘targan holda qo‘llab-quvvatlab chiqishi bilan tanilgan edi, bu esa yakunda Boyko Borisov hukumatining iste’fosiga sabab bo‘lgan.
Biroq xalqaro maydonda Radev «qiltiriq ustida» yuribdi. Bir tomondan, u Bolgariyaning YIga a’zoligidan keladigan foydalarni tan olsa, ikkinchi tomondan, Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish va Rossiya energiya resurslariga qarshi sanksiyalarni keskin tanqid qiladi.
«Bolgariya — YIning ham slavyan, ham pravoslav bo‘lgan yagona davlatidir. Biz geografik va iqtisodiy resurslar tufayli Rossiya bilan munosabatlarni tiklashimiz kerak», — deydi siyosatchi.
Radev mamlakatning yevrohududga tayyorligiga shubha bilan qaraganiga qaramay, Bolgariya joriy yilning 1-yanvaridan rasman yevro valyutasiga o‘tdi. Endilikda yangi yetakchi oldida murakkab vazifa turibdi: qanday qilib Yevropa integratsiyasi kursini saqlab qolgan holda Moskva bilan muloqotni normallashtirish mumkin? Uzoq davom etgan siyosiy inqirozdan charchagan saylovchilar, vazmin va qat’iyatli «general»da Yevropa Ittifoqining eng kambag‘al davlatida tartib o‘rnatish uchun so‘nggi umidni ko‘rmoqdalar.

Powered by Froala Editor