O‘zbekiston davlat kompaniyalarini IPOga tayyorlamoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekiston yirik davlat korxonalarini global kapital bozorlariga olib chiqish uchun xalqaro moliyaviy guruh bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu jarayon xususiylashtirishni tezlashtirishi kutilmoqda.
Global moliyaviy guruh Rothschild & Co O‘zbekistonga yirik davlat korxonalarini IPO orqali ochiq bozorga chiqarishda ko‘mak beradi.
Bu masala investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda kompaniya delegatsiyasi rahbari Arielle Malard de Rothschild o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi. Tomonlar amaldagi hamkorlik natijalarini ko‘rib chiqib, uni kengaytirish rejalari ustida kelishib oldi.
Asosiy e’tibor davlat aktivlarini xususiylashtirish va ularni xalqaro fond bozorlariga chiqarishga qaratildi. Yetakchi korxonalarni global maydonga olib chiqish mexanizmlari muhokama qilindi.
Mahalliy biznes salohiyatini oshirish masalasi ham muhim yo‘nalish sifatida belgilandi. Rejalarga ko‘ra, korporativ boshqaruv va xorijiy kapitalni jalb qilish bo‘yicha o‘quv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, O‘zbekistonning investitsion imkoniyatlarini xalqaro maydonda targ‘ib qilish va global moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Rothschild & Co delegatsiyasi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Unda yirik bitimlar, davlat ulushlarini sotish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Powered by Froala Editor