Shahnoza Mirziyoyeva xalqaro ekspertlar bilan palliativ yordam rivojini muhokama qildi
O'zbekiston
O‘zbekistonda palliativ va xospis yordamini rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Shahnoza Mirziyoyeva xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvda og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuv davomida og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatish tizimi — palliativ va xospis yordamining rivoji muhokama qilindi. Bunday yordamda bemorlarning og‘rig‘ini yengillashtirish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va individual ehtiyojlariga e’tibor berish muhim hisoblanadi.
Mutaxassislar bahosiga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili qariyb 100 ming kishi bunday yordamga muhtoj.
Uchrashuvda St. Jude Children’s Research Hospital global palliativ yordam dasturi direktori Maykl Maknil, St. Jude’ning Yevropa dasturi koordinatori Anna Sonkin hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi mutaxassisi Patrisiya Juli ishtirok etdi.
Ekspertlar turli mamlakatlarda palliativ yordamni tashkil etish tajribasi hamda bemorlar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy yondashuvlar haqida so‘zlab berdi.
Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbekistonda palliativ yordam tizimini rivojlantirishda eng yaxshi xalqaro tajribaga tayanish muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yordamga muhtoj bo‘lgan har bir inson uchun bunday xizmatlarni yanada qulay va mavjud qilish zarur.

Powered by Froala Editor