Senatda talabalar bilan uchrashuv
O'zbekiston
Joriy yilning 6-aprel kuni Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining 1-kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir talabalarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimi hamda parlament faoliyatiga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalar senatorlar, jumladan Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi aʼzolari hamda Senat devoni xodimlari bilan ochiq muloqot qildi.
Tadbirda mazkur qo‘mitada doimiy asosda ishlovchi senator Zumrad Bekatova so‘zga chiqib, davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro maydonda mamlakat manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan siyosat, shuningdek erishilayotgan ijobiy natijalar xususida atroflicha maʼlumot berdi.
Shu bilan birga, senator talabalar, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar haqida to‘xtalib, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ahamiyatini alohida taʼkidladi.
Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, davlat boshqaruvi va parlament faoliyatiga oid fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun Senat binosi bo‘ylab tanishuv sayohati tashkil etildi.

Powered by Froala Editor