Nurudinov “Universal Weightlifting Cup” turniridan oltin medal bilan qaytdi

Sport

Mashhur Ruslan Nurudinov Samoada zafar quchdi. Okeaniyaning eng kuchli polvonlari bilan bahsda hamyurtimiz temir iroda va fenomenal kuch namoyish etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Nurudinov “Universal Weightlifting Cup” turniridan oltin medal bilan qaytdi
O‘zbekiston vakili Ruslan Nurudinov Apia (Samoa) shahrida bo‘lib o‘tgan “Universal Weightlifting Cup” xalqaro turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 110 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan unvondor sportchimiz grossmeysterlik natijasini qayd etdi: dast ko‘tarishda 178 kg va siltab ko‘tarishda 222 kg.

Ikki kurash natijasiga ko‘ra 400 kg tosh ko‘targan Nurudinov Samoa va Fiji vakillaridan ishonchli tarzda o‘zib ketdi. Olimpiada o‘yinlari sovrindori va ko‘p karra Osiyo chempionining ushbu g‘alabasi uning jahon og‘ir atletikasidagi yetakchilik maqomini yana bir bor tasdiqlaydi. Okeaniyadagi muvaffaqiyat sportchining mavsumdagi bo‘lajak muhim musobaqalarga tayyorgarligida muhim bosqich bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing